Mirkarimova Qunduz Tarjimai hol haqida malumot

Mirkarimova Qunduz Tarjimai hol haqida malumot

Tarjimai hol

Qunduz Mirkarimova — raqqosa, baletmeyster, O‘zbekiston xalq artisti, SSSR xalq artisti, “Do‘stlik” va Xalqlar do‘stligi ordenlari, ko‘p karra respublika va xalqaro tanlov va festivallar laureati kabi nufuzli davlat mukofotlari sovrindori.

Qunduz Mirkarimova 1928 yil Toshkentda tug‘ilgan. 1951 yil Moskvada Katta teatr qoshidagi xoreografiya bilim yurtini tugatgan. 1951-1973 yillar O‘zbekiston Davlat filarmoniyasida ishlab, “G‘ayratli qiz”, “Katta o‘yin”, “Xorazmcha raqs”, “Uyg‘urcha raqs”, “Rohat”, “Jonon”, “Nay navosi”, “Bahor tongi”», “Tanovar”, “Zang o‘yin”, “Pomir raqsi”, “Dildor”, “Gulruh”, “Raqqosasidan”, “Cho‘li iroq”, “Guldasta”, “Tog‘ raqs” “Usmoni raqsi”, “Gulnoz” kabi mumtoz, xalq va zamonaviy hamda qardosh xalqlar raqslarini ijro etgan.

1951-1973 yillar Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatrida raqsga tushgan. 1973 yildan 1979 yilga qadar O‘zbek xoreografiya oliygohida dars bergan. 1979 yildan Mirkarimova — M. Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” milliy ansambli rejissyor-baletmeysteri, badiiy-rahbari.

Raqs sirlarini Mukarrama Turg‘unboyeva, Rosiya Karimova, Gavhar Rahimova, Natalya Gubskaya kabi buyuk raqqosalardan o‘rgangan.

Ko‘plab o‘rgangan raqslari M.Turg‘unboyeva uslubidadir. Ular orasida, “Toshkent zangi”, “Qo‘qoncha doira raqsi”, “Yor istab”, “Tanovar-1, 2, 3”, “Yangi tanovar”, “Toshkent tanovari”, “Farg‘ona tanovari”, “Namangan tanovari”, “Qo‘qon tanovari”, “Adolat tanovari”, “Eysarviravon” (maqom), “O‘rik gullaganda”, “O‘zbekiston qizlari”, “Navro‘z raqsi”, “O‘zbek miniatyuralari”, “Hamsa raqsi” (Zebunniso, Uvaysiy, Nodira, Dilshod, Zulfiya), “Xotira”, “Ona qalbi” (kompozitsiya), “Barigal” (kompozitsiya), “Salom ayting”, “Katta buxorcha”, “Bisyor”, “Olmacha anor”, “So‘zana”, “Palak”, “Paxta”. Shuningdek, u arab, tunis, yapon, turk va koreys xalq raqslarini ham ijro etgan.

Xitoy, Iroq, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya, Frantsiya, Italiya, Angola, Malta, Gvineya, Mozambik, Tunis, Shimoliy Koreya, Olmoniya, Avstriya, Polsha, Bolgariya, Chexoslavakiya, Vengriya, Yugoslaviya, Ruminiya, Laos, Meksika, Ispaniya, Argentina, Kanada, Kuba, Gretsiya, Angliya, Shotlandiya, Braziliya, Vetnam kabi mamlakatlarda bo‘lib, o‘zbek raqslarini namoyish etgan.

1964 yildan Toshkentda xoreografiyadan dars beradi, uning ko‘plab o‘quvchilari ham iqtidorli raqs ijrochilari sifatida tanilgan. U O‘g‘iloy Muhamedova, Sveta Tursunova, Gavhar Aminova, Dilafro‘z Jabborova, Qizlarxon Do‘stmuhammedova, Malika Ahmedova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulchehra Jo‘rayeva, Zulayho Asomova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Yulduz Ismatova, Tojikistondagi “Zebo” ansamblining tashkilotchisi Zebo Aminzoda va boshqalarga dars bergan.

Respublika xalq artisti Qunduz Mirkarimova uzoq va baxtli, tarixiy va ijodiy hodisalarga boy hayot kechirdi.

Hayot Taqdir nomli qisqa bekatlarda to‘xtab, raqsning shiddatli girdobida aylanishda davom etmoqda. Uni tanishgan va bilishgan, sevishgan va go‘zallikni asl shaydolari va qator ishqibozlari sevishda davom etishmoqda. Va, hatto, teleekranda mahoratli raqsiga bir lahzagina bo‘lsa-da shohid bo‘lgan tamoshabin, ushbu timsolni yuragidan o‘chira olmaydilar. Igor Moiseyev va Mayyo Plisetskaya kabi buyuk raqs arboblari o‘zbek raqsining mahoratli dahosiga bo‘lgan samimiy zavqini bildirishgan.

Xoreografiyaning beqiyos primasi, baletmeyster, afsonaviy o‘zbek raqslarining sahnalashtiruvchisi butun dunyoga tanilgan. Butun xalqning sevimli raqslari bo‘lmish “Xotira”, “Gulnoz”, “Paxta” va boshqa ko‘plab raqslarni betakror ijro etgan va sahnalashtirgan.

Bugun ham Toshkent davlat oliy xoreografiya maktabi devorlari ortida yosh raqqosalarga dars berib keladi, hozirda ushbu maktab direktori Qunduz Mirkarimovaning shogirdi — respublika xalq artisti Guli Hamroyevadir.

Qunduz Mirkarimova SSSR xalq artisti (1966) va O‘zbekiston xalq artisti (1984), shuningdek, Mukarram Turg‘unbova nomidagi (1994) mukofotlar sovrindori sanaladi. 1997 yil “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Arboblar
Mirkarimova Qunduz

manba:arboblar.uz