Otaboy Eshonovich Eshonov Tarjimai hol haqida malumot

Otaboy Eshonovich Eshonov Tarjimai hol haqida malumot

Tarjimai hol

Mashhur huquqshunos olim, yuridik fanlari doktori (1950 y.), professor (1951 y.). O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (1960 y.), “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi “ (1966 y.).

Siyosiy fanlar assotsiatsiyasi O‘zbekiston bo‘limining asoschisi va birinchi rahbari. Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1936 yil Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Ushbu institutda aspirant (1936-39 yy.), assistent, katta o‘qituvchi (1939-43 yy.), dotsent (1943-45 yy.), davlat va huquq kafedrasi mudiri (1954-55 yy.) bo‘lib ishlagan.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (FA) Tarix va arxeologiya (1945-1951 yy.), Iqtisodiyot (1951-52 yy.) institutlarida bo‘lim mudiri.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasida Fan, madaniyat va maorif bo‘limi mudiri

(1953-1954 yy.). O‘rta Osiyo davlat universitetida kafedra mudiri (1955-1958 yy).

O‘zbekiston FA Falsafa va huquq institutida direktor o‘rinbosari (1958-1959 yy.), direktor (1959-1961 yy.), sektor mudiri (1961 yildan). O‘z ilmiy va pedagogik faoliyatini huquqshunoslik va davlatshunoslikni o‘rganishga bag‘ishlangan.

U bir necha darslik va o‘quv qo‘llanmalarining muallifi. Buxoro shahridagi ko‘chalarning biriga O.E.Eshonov nomi berilgan.

Arboblar
Otaboy Eshonovich Eshonov

manba:arboblar.uz