«Doggerland» hududi

«Doggerland» hududi
doggerland hududi 65ca6f788ce94

/ Tarix / От

DO`STLARGA ULASHING:

«Doggerland» hududi

Bundan 9000 yil oldin Britaniya kontinental Yevropa bilan Doggerland deb nomlangan quruqlik hududi orqali bog’langan edi.

Doggerland botqoqliklar, o’rmonli vodiylar va tepaliklardan iborat bo’lgan va mezolit davrida odamlar yashagan. Bu hudud ko’chmanchi yovvoyi hayvonlar bilan to’lib-toshgan va odamlar uchun mavsumiy ov joyi bo’lib xizmat qilgan.

Biroq, so’nggi muzlik davrining oxirida muz erishi bilan dengiz sathi ko’tariladi va Doggerlend oxir-oqibat suv ostida qoladi. Natijada mil. avv. 7000 yilda Britaniya yarim orolini Evropa qit’asidan ajratib qoʻyadi.

Yillar davomida Shimoliy dengizdan kelgan baliqchilar qo’lda yasalgan suyak buyumlari, to’qimachilik buyumlari, eshkaklar, baliq tuzoqlari, 13 000 yillik odam qoldiqlari, junli mamont bosh suyagi bo’laklarini qazib olishgan.

«Doggerland» hududi