Karlo Goldoni

Karlo Goldoni
karlo goldoni 65ca6f540b4b1

/ Biografiya / От

DO`STLARGA ULASHING:

Karlo Goldoni

Italyan milliy komediyasi asoschisi Karlo Goldoni 1707-yil 25-fevralda Venetsiyada tug’ilgan. O’zining dastlabki asarlari «Momolo kortezan», «Momolo Brenteda», «Sinish»dayoq niqoblar komediyasini isloh qilgan.

Niqoblar komediyasi — syujetning qisqa sxemasidan iborat ssenariy asosida tayyorgarliksiz tomosha yaratishdir. Goldonining mazkur asarlari muqim matnga, aniq insoniy xarakterlarga, ma’rifatparvarlik g’oyalari singdirilgan, jamiyatning illatlarini tanqid qiluvchi mazmunga ega edi. Goldoni niqoblar komediyasining afzal tomonlarini — xushchaqchaqlik, syujet rivojidagi izchillikni saqlab qolgan.

Karlo Goldoni 155 ta komediya, 18 ta tragediya, 94 ta libretto yozgan. 1784-1787-yillarda teatr tarixiga oid «Memuarlar» asarini yozadi. Goldonining «Mehmonxona bekasi», «Ikki boyga bir malay» («Ikki xo’jayinning bir xizmatkori») va boshqa komediyalari o’zbek tiliga tarjima qilinib, Muqumiy teatrida sahnalashtirilgan. 1793-yil Parijda vafot etdi.

👉 Batafsil o’qish uchun (https://en.m.wikipedia.org/wiki/Carlo_Goldoni)

Karlo Goldoni