AYRIBEL TOGʻLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AYRIBEL TOGʻLARI haqida malumot bilib oling.

AYRIBEL TOGʻLARI — OʻzR Samarqand viloyatidagi Zirabuloq past toglarining sharqiy qismi. Eng baland nuqtasi 767 m. A. t. shim.-gʻarbdan jan.-sharqka yoʻnalgan. Uz. 15 km. Jan.gʻarbiy yon bagʻirlari Qarnob choʻliga tikroqtushgan va quruq soylar bilan oʻyilgan. Kattaqoʻrgʻon suv ombori tomon qaragan shim.-sharqiy yon bagʻirlari qiyaroq. Tizmaning oʻrta qismida paleozoyning ohaktosh va slaneslaridan iborat kenglik boʻyicha yoʻnalgan qator tepalar mavjud boʻlib, ular oraligʻida granitlardan tashkil topgan platosimon yuzalar joylashgan. Ayribel togʻlari tipik boʻz tuproqlar mintaqasida joylashgan, shim. yon bagirlarining yuqori qismlarida toʻq boʻz tuproqlar bor. Efemer oʻsimliklar b-n birga, qorajusan, qoʻziquloq, oqquray oʻsadi. Yaylov chorvachiligida foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
AYRIBEL TOGʻLARI