
AHMADOBOD haqida malumot bilib oling.
AHMADOBOD — Hindiston gʻarbidagi shahar. Gujarot shtatining maʼmuriy va iqtisodiy markazi. Aholisi 2,9 mln. kishi (1991, shahar atrofi b-n). Mamlakatning savdo va moliya markazlaridan biri; yirik transport yoʻllari tuguni. 1411-y. da Gujarot sultoni Ahmadshoh tomonidan barpo etilgan. 15 — 16 – a. larda A. Hindistonda muhim savdo va sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan, oʻz hunarmandchiligi va ajoyib meʼmoriy inshootlari bilan shuhrat qozongan. 15-a. da qurilgan katta Jome masjidi, zafar toqi — Tin Darvozasi (15 – a.) va oʻymakorlik bilan ishlangan yogʻoch uylar (16 — 17-a. lar) saqlangan. Ahmadobod il gazlama sanoatining (Bombaydan keyingi) yirik markazi; paxta tozalash, ipak (jumladan sunʼiy ipak) va b. yengil sanoat tarmoqlari taraqqiy qilgan. Kimyo sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik (kimxob toʻqish, zargarlik, yogʻoch va suyakdan oʻymakorlik buyumlari yasash) rivojlangan. Un-t bor.
Ensiklopediya.uz
AHMADOBOD