ASTRONOMIK BIRLIK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASTRONOMIK BIRLIK haqida malumot bilib oling.

ASTRONOMIK BIRLIK — astronomiyada masofa birligi; Yerdan Quyoshgacha boʻlgan oʻrtacha masofaga teng. Astronomik birlik6. ni aniqlash uchun Quyoshning gorizontal parallaksi aniqlanishi lozim. Astronomik birlikning aniq qiymati Yerga juda yaqin keladigan sayyoralarni kuzatish usuli (yoki boshqa usul) bilan topiladi. 20-a. gacha bu maqsadda Marsning buyuk roʻpara turish vaqtlarida kuzatilgan natijalardan foydalanilar edi. Quyosh parallaksini Yerga juda yaqin oʻtadigan ayrim kichik sayyoralarni kuzatish yoʻli bilan aniqlashga urinish Eros kashf qilinganidan keyin boshlandi. 1930 — 31 y. larda Eros Yerdan 22 mln. km uzoqliqdan oʻtdi. Oddindan tuzilgan dasturga koʻra jahonning 24 rasadxonasida, shu jumladan, Toshkent rasadxonasida ham kuzatuvlar olib borilib, R»ye=8.790»ga tengligi aniqlandi.

1961—63 y. larda sobiq Ittifoq va AQSHda Merkuriy, Venera va Mars radiolokatsiya qilinishi natijasida Astronomik birlik hisoblandi. Astronomik birlikni butun olam tortishish qonunita asoslangan dinamik va yorugʻlik tezligiga asoslangan fizik usullar bilan ham topish mumkin. Astronomik birlikning eng aniq qiymati (1 a. b. =149597870±2 km) avtomatik kosmik kemalar harakatini kuzatib topildi. Deyarli barcha astronomik hisoblashlarda 1 a. b. =149,6 mln. km deb olinadi.

Ensiklopediya.uz
ASTRONOMIK BIRLIK