
ASSOMLAR haqida malumot bilib oling.
ASSOMLAR (oʻzlarini axomiya, assomiya deb ataydilar) — Hindistonning Assom shtatida yashovchi xalq, umumiy soni 14,55 mln. kishiga yaqin (1992), shundan 220 ming kishi Butanda yashaydi. Assom tilida soʻzlashadilar. Yevropeoid irqiga mansub. Dini — hinduizm. Mil. 1-ming yillik oʻrtalarida bu yerda Kamarupa davlati mavjud boʻlgan. 13 – a. da Birmadan chiqqan axomlar uni bosib olib, oʻz davlatlarini tuzganlar. Mamlakat va xalq nomi shundan olingan. Keyinchalik yerli xalq bilan aralashib, ularning tili va madaniyatini qabul qilganlar. Assomlar dehqonchilik, chorvachilik, qisman hunarmandchilik bilan shugʻullanadilar, choy yetishtirish plantatsiyalari, neft sanoatida ham ishlaydilar.
Ensiklopediya.uz
ASSOMLAR