
ASPIDLAR haqida malumot bilib oling.
ASPIDLAR (Elapidae) — ilonlar oilasi, 41 — 43 urugʻga boʻlingan 181 turi bor, barchasi zaharli. Ustki jagʻida zahar oqib tushadigan egatchali bir juft tishi bor. Zahari kuchli, nervni falajlovchi taʼsir koʻrsatadi, baʼzan odamni oʻldiradi. Aspidlarning yonoq qalqoni, rudiment oyoqlari boʻlmaydi, oʻpkasi bitta. Aspidlar tropik va subtropik mintakalarda, xususan Afrika, Jan. Osiyo va Avstraliya, Jan. va Markaziy Amerikada tarqalgan. Oʻrta Osiyoda kapcha yoki qoshiqbosh ilon turi uchraydi. Aspidlar asosan yerda, baʼzi turlari daraxtda yashaydi. Baqalar, boshqa ilonlar, mayda kemiruvchilar bilan oziqdanadi. Aspidlarga kapcha ilonlar, mambalar, yovuz ilonlar va b. kiradi.
Ensiklopediya.uz
ASPIDLAR