ALYUMINIY-ORGANIK BIRIKMALAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALYUMINIY-ORGANIK BIRIKMALAR haqida malumot bilib oling.

ALYUMINIY-ORGANIK BIRIKMALAR — alyuminiyning uglevodorod qoldigʻi bilan bevosita bogʻlanishidan hosil boʻlgan metallorganik birikmalar. A.-o. b. da alyuminiy bir, ikki yoki uchta uglevodorod qoldigʻi bilan boglangan boʻlishi mumkin (RA1C12, R2A1C1, R3A1). Alyuminiy uchalkillar — rangsiz, kislorod va namlikka oʻta sezgir suyuqlikdir. Alyuminiyuchmetil va uchetillar havoda oʻz-oʻzidan yonish, suvda portlash xususiyatiga ega. A.-o. b. alyuminiy-magniy qotishmasiga galloiduglevodorodlarni, simob-organik birikmalarga alyuminiy taʼsir etttirish va b. yoʻllar bilan olinadi. A.-o. b. sanoatda olefinlarni past bosimda polimerlashda katalizator sifatida va sof alyuminiy olishda qoʻllaniladi. Har xil reaksiyalarga kirishish xususiyati kuchli boʻlgani sababli A.-o. b. toʻyinmagan uglevodorodlardan spirt i. ch. da, organik kislotalar olishda, kimyoviy elementlarning organik birikmalarini hosil qilishda ham ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
ALYUMINIY-ORGANIK BIRIKMALAR