ATSIDOZ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ATSIDOZ haqida malumot bilib oling.

ATSIDOZ (yun. acidus — nordon) — organizmda (qon va suyuqliklarda) kislota-ishqor muvozanatining buzilishi: bunda ishqoriy kationlar bilan kislota anionlari oʻrtasidagi nisbat oʻzgarib, anionlarning koʻpayib ketishi tomonga siljish roʻy beradi. Asidozning kelib chiqish sababiga koʻra, gazli, gazsiz, moddalar almashinuvi bilan bogʻliq va b. xillari farq qilinadi. Bunda organizmda normal sharoitda meʼyori bilan parchalanadigan va tezda chiqib ketadigan kislotali moddalar ortiqcha hosil boʻlib, qonda va toʻqimalarda ularning konsentratsiyasi koʻpayib ketadi. Asidoz uncha baland boʻlmasa, organizm toʻqimalaridagi reaksiya deyarli oʻzgarmaydi. Lekin Asidoz ancha zoʻrayib ketganda organizm zaharlanib, unda talaygina oʻzgarishlar (ayniqsa ogʻir kechadigan qandli diabet) roʻy beradi: bemorning tobora tinkasi qurib, boshi ogʻriydi, koʻngli aynib, qayt qiladi. Hadeb mudraydi, hushidan ketadi. Asidoz roʻy berganda darhol vrachga murojaat etish kerak.

Ensiklopediya.uz
ATSIDOZ