ASEPTIKA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASEPTIKA haqida malumot bilib oling.

ASEPTIKA (yun. a — inkor qoʻshimchasi va septicos — yiringli) — mikrobsizlik holatini taʼminlaydigan usullar; fizik (kuydirish, nur, qaynatish, muzlatish), kimyoviy (antiseptik moddalar bilan taʼsir etish), mexaniq biologik va b. usullar bilan amalga oshiriladi. Aseptikaga nemis olimi E. Bergman asos solgan. Aseptika turli murakkab jarrohlik operatsiyalarini hech qanday asoratsiz va xavf-xatarsiz bajarishga imkon beradi. Aseptikaga kuyidagilar kiradi: a) jarrohlik asboblari, bogʻlov materiallari va b. ni sterillash; b) jarroh qoʻlini maxsus usullarda yuvish va tozalash; v) operatsiya va b. tekshirish ishlarini bajarish vaqtida koʻrsatilgan qonun-qoidalarga qatiy amal qilish; g) davolash muassasalarida maxsus tashkiliy va sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarni toʻgʻri amalga oshirish. Aseptika antiseptika usuli bilan birga olib boriladi. Uy sharoitida kuygan yoki b. jarohatlarni bogʻlash vaqtida ham Aseptika qonun-qoidalariga amal qilish lozim. Aseptika tibbiyotning barcha sohalarida qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
ASEPTIKA