ABDUGʻAFUROV haqida malumot bilib oling.
ABDUGʻAFUROV Abdurayim (1867 — Toshkent — 1950) — xalq ustasi, Toshkent badiiy chitgarlik maktabining namoyandasi. Birinchi boʻlib mato (boʻz)ga gul bosishda roʻyan oʻrniga alizarin ishlatdi. Buxoro va Qoʻqon ustalaridan yangi rasmlarning qoliplarini, yangi bezak va mujassamotlarni keltirib, mahalliy chitgarlikka ijodiy singdirdi. Abdugʻafurov oʻz asarlari bilan Oʻzbekistonda oʻtkazilgan bir necha koʻrgazmalarda qatnashdi. 1935-y. dan Toshkent badiiy oʻquv i. ch. kombinatida daryo bergan. 1937-y. da Parijda oʻtkazilgan Xalqaro koʻrgazmada Abdugʻafurovning asarlari yuqori baholandi. 30 – y. lar oxiri — 40 – y. lar boshlarida Moskva, Ivanovo, Serpuxov toʻqimachilik korxonalari uchun chit, satinga bosiladigan gulqolip namunalarini tayyorlab bergan. 1940-y. da Abdugʻafurov rassom V. Kriniskiy bilan hamkorlikda qoliplar uchun 11 ta «Paxta nusxa» eskizlar yaratdi. Bu nusxalarda gʻoʻza bargidan tortib ochilgan chanoqqacha boʻlgan jarayonlar oʻsimliksimon milliy naqshlar negizida oʻz ifodasini topgan. Abdugʻafurov bezagan dasturxon, kir-pech, choyshab va b. buyumlar (respublika muzeylarida saqlanmoqda) gullarining yorqinligi, ranglarining uygʻunligi, mujassamoti b-n diqqatni tortadi.
Ensiklopediya.uz
ABDUGʻAFUROV