ASATI haqida malumot bilib oling.
ASATI — qovun navlari (asad oyida pishadi). Dehqonchilikda A.-VIR 3806 (K. I. Pangalo, M. K. Goldgauzen) va Toshkent asatisi (populyatsiya) navlari ekiladi. Shakli tuxumsimon, oʻrtacha kattalikda, uz. 25—27 sm, ogʻirligi 4—7 kg. Poʻsti yupqa, sirti ingichka va tutash toʻrlar bilan qoplangan. Rangi och sariq, zargʻaldoq, yoʻl-yoʻl tilimli dogʻlari bor. Eti oq, qalinligi 5 — 5,5 sm, sershira, shirin, tarkibida 10% gacha qand bor. Urugʻi yirik, och sariq. Eqilganda unib chiqqanidan keyin 83 — 98 kunda (Toshkent vohasida ekiladigan Toshkent asatisi navi 65 — 70 kunda) birinchi hosili pishadi. Hosiddorligi 250 — 300 s/ga. Toshkent, Fargʻona, Andijon viloyatlarida Asati 3806 ekiladi. Yangiligida isteʼmol qilinadi, qovun qoqi tayyorlanadi (yana q. Qovun).
Ensiklopediya.uz
ASATI