AVLOS haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVLOS haqida malumot bilib oling.

AVLOS (yun. avlos) — yunon puflama sozi. Rimda (tibiya nomida) va Oʻrta dengiz havzasi mamlakatlarida tarqalgan, silindrsimon shakldagi 3—4 teshikli ikkita (qoʻsh) naychadan iborat boʻlgan. Keyinchalik teshikchalari 15 taga yetgan, baʼzilari suriluvchan halqa bilan bekitilgan. Turli uzunlik va sozda yasalgan. Umumiy diapazoni taxm. birinchi oktava «re»dan — uchinchi oktava «re»gacha. Yakkanavoz ijrochilik (avletika)da sozanda (avlet) bir vaqtda ikki Avlosdan foydalangan. Antik fojiada, qurbonlik marosimi, harbiy musiqa (sparga) da ishlatilgan. Avlos joʻrnavozligidagi xonandalik avlodiya deb atalgan. Oʻzbek sozlaridan qoʻshnayta oʻxshab ketadi.

Ensiklopediya.uz
AVLOS