
AXOMANIYLAR haqida malumot bilib oling.
AXOMANIYLAR — Axomaniylar davlatink boshqargan qad. fors podshohlari sulolasi (mil. av. 558 — 330). Axomaniylar sulolasi qad. fors urugʻidan boshlanib, bu urugʻ asoschisi Axoman (qad. forschada Xaxomanish) aftidan, mil. av. 7 – a. boshida Elam chegaralariga — Parsua (yun. Persida) deb nom olgan viloyatga koʻchib kelgan fors kabilalarining yoʻlboshchisi boʻlgan. Axoman oʻgʻli Teisp (Chishpish) va uning bevosita avlodlari: Kir I, Kambis I, Kir II Anshan (Shim. Elamdagi viloyat) shohlari hisoblangan. Qad. Sharqning koʻpgina mamlakatlarini bosib olgan Kir II A. saltanatini barpo etgan. Axomaniylarning katta tarmogʻi Kambis II vafoti (522) bilan tugagan. Kichik tar-moqqa Doro I asos solgan.
Axomaniylar sulolasi: Kir II (550 — 530) (Fors va Anshanda 558-y. dan hokimlik qilgan), Kambis II (530-522), Doro I (522 – 486), Kserks I (486 – 465), Artakserks I (465424), Kserks II (424), Sugʻdiyon yoxud Sekudian (424 — 423), Doro II (423 — 404), Artakserks II (404 – 358), Artakserks III (358 – 338), Arses (338 – 336), Doro III (336 – 330).
Ensiklopediya.uz
AXOMANIYLAR