
ATOM VA MOLEKULALAR DIFRAKSIYASI haqida malumot bilib oling.
ATOM VA MOLEKULALAR DIFRAKSIYASI — kristallardan turli azimutal burchaklarda maksimum, minimumlar hosil qilib, atom va molekulalarning sochilishi. Atom va molekulalar difraksiyasi va m. d. ularning toʻlqin xususiyatiga ega ekanligini namoyon qyladigan hodisa. DeBroyl tenglamasiga asosan v tezlik bilan harakatlanayotgan atom va molekulalarning toʻlqin uzunligi teng, bunda: t — atom yoki molekula massasi, h — Plank doimiysi, Ye — energiyasi. Yengil atom va molekulalar (N,, N2, Ne, SO2) ning issiqlik harakati tezligi (Maksvell taqsimoti)ga mos keladigan de-Broyl toʻlkin uzunligi kristall panjaradagi atomlar orasidagi masofaga taxm. teng, shuning uchun kristallning sirti difraksiya panjarasi boʻla oladi. Difraksiya hodisasining oddiy nazariyasiga asosan uzunligi X ga teng toʻlqinlar kristalldan sochilib, v burchak yoʻnalishida maksimal intensivlikka ega boʻlishi uchun rik q 2rfsin9 shart bajarilishi kerak. Bu yerda p — difraksiya maksimumi tartibi, d — kristall davri, 8 — tushayotgan nur (atomlar) bilan atom tekisligi orasidagi burchak.
Ensiklopediya.uz
ATOM VA MOLEKULALAR DIFRAKSIYASI