ARENDS Alfred Karlovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARENDS Alfred Karlovich haqida malumot bilib oling.

ARENDS Alfred Karlovich (1893, Peterburg — 1978, Toshkent) — sharqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970). Filol. fanlari d-ri (1963). 1-jahon urushida qatnashgan. 1936-y. dan sobiq Ittifoq FA Sharqshunoslik in-tida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Oʻrta Osiyo un-tining Sharq f-tida Eron filol. kafedrasi mudiri (1947 — 52). 1952-y. dan Oʻzbekiston Sharqshunoslik in-tida ishlagan. Arends «Tarixi Masʼudiy» kitobining ilmiy-tanqidiy matni va i. t. i mavzuida ilmiy ishlar olib borgan. Oʻzbekistonda sharqshunoslik fanini rivojlantirishda, yosh olimlar yetishtirish va tarbiyalash sohasida muayyan xizmat koʻrsatgan.

Ensiklopediya.uz
ARENDS Alfred Karlovich