ALIBEKOV Islom Maybosovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALIBEKOV Islom Maybosovich haqida malumot bilib oling.

ALIBEKOV Islom Maybosovich (1945.15.4, XXR Sinʼszyan-Uygʻur muxtor tumani, Chugunchaq sh.) — teatr rassomi, Qoraqalpogʻiston xalq rassomi (1987). Olmaota badiiy bilim yurtida taʼlim olgan (1962—69). Olmaotadagi Respublika yosh tomoshabinlar teatrida rassom (1969—72); 1972-y. dan Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatrida bosh rassom. Alibekovning qoraqalpoq teatrlari uchun yaratgan sahna bezaklari asar ruhi va rej. gʻoyasiga monandligi b-n ajralib turadi. Alibekovning, shuningdek rangtasvir («Q. Soipov portreti», 1973; «Uchrashuv», 1977 va b.), haykaltaroshlik («Baxt», «Ertak» — ikkalasi ham shamot, 1980 va b.) asarlari bor. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1984).

Ensiklopediya.uz
ALIBEKOV Islom Maybosovich