ASFALT-BETON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASFALT-BETON haqida malumot bilib oling.

ASFALT-BETON — chaqiq tosh, kum, mineral kukunlar va bitum aralashma sidan iborat qurilish materiali. Aralashtirishdan oldin ular 100—160° t-ragacha qizdiriladi. 120° dan past boʻlmagan t-rada yotqiziladigan va zichlanadigan bitumli qaynoq A.-b., 40—80° t-rada zichlanadigan va kam qovushoq issiq A.-b., havo t-rasida (10° dan yuqori t-rada) zichlanadigan suyuq bitumli sovuq A.-b. ; yirik, oʻrta, mayda donachali va qumli A.-b. ga boʻlinadi. Avtomobil yoʻllariga, sanoat binolari pollariga, tomlarga toʻshash va b. uchun ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
ASFALT-BETON