ASR haqida malumot bilib oling.
ASR (arab. — davr, vaqt) — 1) yuz taqvim yili (kalendar yil)ga teng vaqt oraligʻi; mas, 20-a. 1901-y. 1 yanv. dan 2000-y. 31 dek. gacha davrni oʻz ichiga oladi; yuz tropik yil; 36524, 2199 oʻrtacha Quyosh sutkasiga teng;
2) geologik davrning bir qismini oʻz ichiga olgan vaqt. Asr ichida bir yarusning barcha togʻ jinslari paydo boʻladi. Geoxronologiya jadvalida Asr eng kichik qism (vaqt) hisoblanib, bir Asr bir yarusga toʻgʻri keladi;
3) kun (Kuyosh) botishi chogʻidan 1—2 soatcha oldingi payt va shu paytda oʻqiladigan namoz. A. namozining muddati — kun botishidan 2 soat ilgaridan to kun botgungachadir (yana q. Namoz).
Ensiklopediya.uz
asr