ASMOʼ un-NAGʻAM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASMOʼ un-NAGʻAM haqida malumot bilib oling.

ASMOʼ un-NAGʻAM (arab. — tovush (nagʻma) larning otlari), Asomiy nagʻamot — 10 —12-a. larda Oʻrta va Yaqin Sharq musiqa nazariyasida jamʼ-ut-tom (q. Jam)ni tashkil etuvchi jinslar va tovushlarning maxsus atamalari. A.-n. jins va tovushlarga nisbatan qoʻllanilgan yunoncha atamalarning arabchaga soʻzma-soʻz tarjimasi boʻlib, baʼzi sharq qoʻlyozma manbalari (mas, Forobiyning «Kitob ul-musiqo al-kabir» — «Musiqa haqida katta kitob» asari)da ularning yunoncha muqobili ham keltiriladi (459-b. dagi jadvalga q.). Asmoʼ un-Nagʻam musiqa amaliyotida qoʻllanilmaganligi sababli, keyinchalik (12—13-a. lardan boshlab) musiqa nazariyasida ham unutilib ketgan.

Ensiklopediya.uz
ASMOʼ un-NAGʻAM