ASKARIY MIRZO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASKARIY MIRZO haqida malumot bilib oling.

ASKARIY MIRZO (1512-1558) — Mevat va Qandahor hokimi (1530—51). Boburiylardan. Boburning uchinchi oʻgʻli. Komron Mirzo qutquvi bilan boburiylar hukmdori Humoyunga qarshi bir necha marta isyon koʻtargan va nihoyat Kobul yaqinida boʻlgan jang (1551) da asir olinib, oʻzining talabiga koʻra hajga joʻnatilgan. 1558-y. yoʻlda olamdan oʻtib, Makkadagi qabristonga dafn etilgan.

Askariy mirzo sheʼriyatga ixlosmand boʻlib, forsiy va turkiy tillarda gʻazallar bitgan.

Ensiklopediya.uz
ASKARIY MIRZO