AKARITSIDLAR haqida malumot bilib oling.
AKARITSIDLAR (yun. akari — kana va lot. caedo — oʻldiraman) — oʻsimlikxoʻr kanalar, ombor kanalari, shuningdek uy hayvonlari va parranda kanalariga qarshi qoʻllaniladigan kimyoviy moddalar. Oʻsimlikka sirtdan keltan, neoron, omayt, mitak, oltingugurt, ohak-oltingugurt qaynatmasi va singib taʼsir etuvchi (fosfamid, fozalon, karbofos va b.) A. boʻlishi mumkin. Singib taʼsir qiluvchi Akaritsidlar oʻrgimchakkanadan tashqari yana oʻsimlik bitlarini va b. bir qancha soʻruvchi zararkunandalarni ham nobud qiladi. Ombor kanalariga qarshi metilbromid, xlorpikrin va b. A. qoʻllaniladi. Dehqonchilik va bogdorchilikda Akaritsidlar asosan oʻrgimchakkanaga qarshi ishlatiladi (yana q. Pestitsidlar).
Ensiklopediya.uz
AKARITSIDLAR