
AZURIT haqida malumot bilib oling.
AZURIT (frans. Lʻazur, arab, lojuvard — havo rang tosh, lazur) — mineral. Qattiqligi 3,5—4. S. ogʻ. —3,89. Rangi toʻq koʻk. Monoklin sistemasida taxtacha va prizmalar hosil qilib kristallanadi. Koʻpincha kukunsimon uyum holda uchraydi. Oynasimon yaltiraydi. Kislotalarda uglekislota chiqarib yengil eriydi. Yer ustida misning birlamchi ruda minerali — xalkopirit, bornit, xira rangli rudalar va b. ning oksidlanishi hisobiga hosil boʻladi. Azurit bilan yonma-yon tugʻma mis, malaxit, kuprit, xrizokola va b. mis rudalarining oksidlanish zonasida uchraydi. Azuritning tarkibida mis 55,3%. A. mis olish, toʻtiyo va koʻk rang i. ch. da ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
AZURIT