ADMIRALTEYSTVO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ADMIRALTEYSTVO haqida malumot bilib oling.

ADMIRALTEYSTVO — 1) (eski maʼnosi) kemalar quriladigan, qurollantiriladigan va taʼmirlanadigan joy;

2) flotni boshqarish idorasi. Rossiyada 1718-y. tashkil etilgan Admiralteystvo kollegiyasi 1802-y. dan boshlab Dengiz Kuchlari vazirligi deb atalgan. 1827-y. u A. lar kengashiga aylantirilib 1917-y. gacha mavjud boʻlgan. Angliyada Admiralteystvo hozirga qadar mavjud;

3) SanktPeterburg meʼmorligining mashhur namunasi hisoblangan bino. 1704-y. Pyotr 1 tomonidan qurdirilgan. Admiralteystvo rus ustalari F. F. Shchedrin, I. I. Te-rebenyov va b. ning nodir haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan;

4) Buyuk Britaniyada harbiy-dengiz kuchlarini boshqaruvchi va qoʻmondonlik qiluvchi oliy organ.

Ensiklopediya.uz
ADMIRALTEYSTVO