AGONIK CHIZIQLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AGONIK CHIZIQLAR haqida malumot bilib oling.

AGONIK CHIZIQLAR — Yer shari ustida yer magnit maydonining ogʻish burchagi nolga teng boʻlgan va yer magnetizmi kuchining gorizontal tashkil etuvchisi aynan shimoldan janubga yoʻnalgan nuqtalarni birlashtiruvchi chiziqlar. Shim. magnit qutbidan boshlanadigan Agonik chiziqlardan biri Kanadani, AQSHni va Jan. Amerikani kesib oʻtadi, boshqasi Finlyandiya, RF Yevropa qismining sharqidan, Arabiston, Xitoy, Yaponiya, Sumatra orollari hamda Gʻarbiy Avstraliyadan Jan. magnit qutbiga yoʻnalgan. Agonik chiziqlar yer magnit maydonining oʻrta holatdan chetlanishini koʻrsatadi.

Ensiklopediya.uz
AGONIK CHIZIQLAR