AHMEDOV Karim Sodiqovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AHMEDOV Karim Sodiqovich haqida malumot bilib oling.

AHMEDOV Karim Sodiqovich (1914. 19.2, Toshkent) — kimyogar olim, Oʻzbekiston FA akad. (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1968). Kime fanlari d-ri (1958), prof. (1960). Oʻrta Osiyo untini bitirgan(1937). ToshDUda kafedra mudiri (1953 – 72). Oʻzbekiston FA Kimyo in-tida lab. mudiri (1958-81), shu in-t direktori (1965-72), ToshPI rektori (1972-88), kafedra mudiri (1973-y. dan). Toshkent kimyo-texnologiya in-ti rektorati qoshida maslahatchi (1991-y. dan). A. Oʻzbekistonda birinchilar qatorida tabiiy va sunʼiy yoʻl bilan olingan yuqori molekulyar birikmalarning fizik va termokimyosi sohasida tadqiqotlar oʻtkazgan. Uning ilmiy ishlari asosan kolloidlar va polimerlar kimyosiga oid boʻlib, suvda eruvchan polielektrolitlar, quyi va yuqori molekulyar sirt-faol moddalar olishning yangi yoʻnalishlarini ochish hamda amalga tatbiq etish masalalariga bagashlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Ensiklopediya.uz
AHMEDOV Karim Sodiqovich