
ATSIDIMETRIYA haqida malumot bilib oling.
ATSIDIMETRIYA — kislota miqdorini aniqlashda asosiy analiz neytrallanish reaksiyasiga asoslangan usul. A. da tarkibida karbonat ionlari boʻlmagan aniq konsentratsiyali ishqor eritmasi indikator qoʻshilgan kislota eritmasiga oz-ozdan quyiladi. Ekvivalent nuqtaga erishilgach, quyilgan ishqor hajmi oʻlchanadi. Ishqor eritmasi fenolftalein indikatori ishtirokida oksalat kislota bilan titrlanadi.
Ensiklopediya.uz
ATSIDIMETRIYA