AFFRIKATA (lot. affrico — ishqalay-man) — qorishiq undosh tovush. Hosil boʻlish oʻrni va ovoz ishtirokiga koʻra portlovchi hamda sirgʻaluvchi tovushning bitta tovush sifatidagi talaffuziga teng. Mas, choch soʻzidagi ch (tsh), ensiklopediya soʻzidagi s (ts).