ALLA-PRIMA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALLA-PRIMA haqida malumot bilib oling.

ALLA-PRIMA (ital. alia prima) — rangtasvir ishlash usullaridan. Bunda rassom moʻyqalam bilan ishlanayotgan yuzaga rang surtmalarini qurib ulgurmasidan ishlab, imkoniyat boricha bir rang surtmasida tez bajarishi lozim. Rassomdan bir harakat bilan kerak rang tuyimini olish va kerak joyga kerakli hajm va shaklda bera olish talab etiladi. A.-p. usulining oʻziga xos xususiyati — u asar ranglarini toza, tiniq boʻlishini, boʻyoq qatlamining chidamliligini taʼminlaydi. Bu usulda koʻp vaqt talab qiladigan, katta mav-zu, salmoqli, mujassamoti murakkab asar yaratilmaydi.

Ensiklopediya.uz
ALLA-PRIMA