
AKUSTOELEKTRONIKA haqida malumot bilib oling.
AKUSTOELEKTRONIKA — akustikaning qattiq jism akustikasi, yarim-oʻtkazgichlar fizikasi va radioelektronika chegarasidagi qismi. Akustoelektronika radiosignallarni oʻzgartirish va ularga ishlov berish uchun UT (ultratovush) qurilmalarini yaratish prinsiplarini tadqiq qilish bilan shugʻullanadi. OʻYUT (oʻta yuqori takroriylik)li signalni toʻlqin uzunligi 105-marta kichik boʻlgan tovush signaliga aylantirish unga ishlov berishni ancha yengillashtiradi. Signallar ustida amallarni bajarish uchun UTning oʻtkazuvchanlik elektronlari, elektromagnitik maydonlar, optik nurlanishlar, shuningdek, akustik toʻlqinlarning nochiziqli oʻzaro taʼsirlaridan foydalaniladi.
Akustoelektron qurilmalar signallar ustida quyidagi amallarni bajarish imkonini beradi: vaqt mobaynidagi oʻzgartirishlar (signallarni tutib turish, ularning davomiyligini oʻzgartirish), takroriylik (chastota) boʻyicha va fazaviy oʻzgartirishlar (fazalarni siljitish, takroriylik va spektrni oʻzgartirish), amplitudani oʻzgartirish (kuchaytirish, modulyatsiyalash), shuningdek, murakkabroq funksional oʻzgarishlarni amalga oshirish (integrallash, kodlash va kodsizlash, yigʻuv funksiyalarini hosil qilish, signallarni korrelyatsiyalash va b.). Bunday muolajalarni, koʻpincha, radiolokatsiyada, uzoq aloqa texnikasida, avtomatik boshqaruv tizimlarida, hisoblagich va b. radioelektron qurilmalarda bajarish lozim. Koʻpchilik hollarda radioelektron usullar ushbu amallarni ancha sodda va tejamli yoʻllar bilan amalga oshirish imkonini beradi.
Ishlash zaminida yotuvchi fizik prinsiplar va vazifalariga koʻra, akustoelektron qurilmalar signallar chiziqli oʻzgartiriladigan (tutib qolish liniyalari, filtrlar va b.) suct chiziqli qurilmalarga, faol chiziqli qurilmalarga (signal kuchaytirgichlari va generatorlari) hamda signalning generatsiyasi, modulyatsiyasi, oʻzaro koʻpaytirilishi va b. oʻzgarishlari sodir boʻladigan nochiziqli qurilmalarga boʻlinadi.
Ad.: Gulyayev Yu. V., Akustoelektronnыye ustroystva dlya sistem svyazi i obrabotki informatsii, [v kn.: Problemы sovremennoy radiotexniki i elektroniki], M., 1980; Xayasaka Tesuo, Elektroakustika, pers yapon. I. I. Ivanchika, M., 1982; Pavlovskaya V. I. i dr., Akustika i elektroakusticheskaya apparatura, M., 1986.
Ensiklopediya.uz
AKUSTOELEKTRONIKA