AJARLAR (oʻzlarini ajareli deb ataydilar) — Ajariya Respublikasining mahalliy aholisi. Gruzinlarning etnik guruhi. Gruzin tilida soʻzlashadi. Turkiya hukmronligi davrida (16-a. ning 2-yarmi — 1878-y.) A. islom dinini kabul qilishgan (ilgari xristian boʻlganlar).