
ADELI YERI haqida malumot bilib oling.
ADELI YERI — Sharqiy Antarktidaning chekka qismi, 136° va 142° shq. u. lar orasida joylashgan. Qirgʻoqlari Hind okeaniga tutashgan. Iqlimi gʻoyatda sovuq, tez-tez dovullar boʻlib turadi. Yer yuzasi qalin muzlar bilan qoplangan. Dengiz sathidan bal. 2500 m gacha. Adeli Yeri fransuz dengizchisi J. Dyumon-Dyurvil tomonidan 1840-y. da kashf etilgan va uning xotini nomiga qoʻyilgan. 1956-y. dan Adeli Yeri qirgʻogʻi yonidagi Petrel o. da Fransiyaning Dyumon-Dyurvil ilmiy st-yasi ishlab turipti.
Ensiklopediya.uz
ADELI YERI