AVTOMAT LINIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVTOMAT LINIYA haqida malumot bilib oling.

AVTOMAT LINIYAmahsulot i. ch. dagi hamma amallarni maʼlum texnologiya jarayonlariga mos tartibda avtomatik tarzda bajaruvchi mashinalar, asosiy va yordamchi jihozlar majmui. Avtomat liniya mavjud uskunalarni avtomatlashtirish asosida yoki maxsus avtomatlar, yarim avtomatlar va agregat stanoklar qurish asosida vujudga keltiriladi. Avtomat liniya aviatsiya, avtomobil, traktor z-dlari va b. koʻplab mahsulot ishlab chiqaradigan z-dlarda silindrlar bloki, val, porshen kabi detallar i. ch. da, yigʻuv jarayonida qoʻllanilmoqda. Mas, Toshkent q. x. mashinasozligi z-dida, Chirchiq q. x. mashinasozligi z-dida, Asaka (Andijon)dagi «OʻzDEU avto» korxonasida, «Toshkent aviatsiya i. ch. birlashmasi» davlat-aksiyadorlik jamiyatida Avtomat liniya ishlab turibdi.

Ensiklopediya.uz
AVTOMAT LINIYA