AVANSSENA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVANSSENA haqida malumot bilib oling.

AVANSSENA (frans. avantccene) — peshsahna, parda bilan orkestr oʻrni orasidagi joy. Opera va balet spektakllarida Avanssenadan keng foydalaniladi. Drama tomoshalarida esa parda oldida oʻtadigan kichik sahnalarni koʻrsatish uchun xizmat qiladi. Avanssenadan oʻrinli foydalanish dekoratsiyalarning tez almashuviga imkon yaratib, voqeaning uzluksiz rivojlanishini taʼminlaydi. Ayrim rejissyorlar asosiy harakatni ham Avanssenaga olib chiqib, oʻyin maydonini kengaytirganlar. 17 – a. da Yevropada badavlat oqsuyaklar Avanssenada oʻtirishgan. Oʻzbek rejissyorlari sahnaning butun sathidan, shu jumladan Avanssenadan keng foydalanishadi. Ayniqsa rej. B. Yoʻldoshev A. ni tomoshabinlar zali bilan bogʻlab, voqealar joyini kengaytirishga erishadi.

Ensiklopediya.uz
AVANSSENA