ABAK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ABAK haqida malumot bilib oling.

ABAK, abaka (lat. abacus — taxta, hisob taxtasi) — 1) antik meʼmoriy orderlardagi kapitel (ustun qoshi)ning yuqori qismini tashkil etuvchi toshtaxta. U antablementik koʻtarib turadi. Abak odatda kvadrat shaklida, uning chekka qismlari toʻgʻri yoki bir oz botiq, holda uchraydi;

2) Yunonistonda, keyinchalik Fapbiy Yevropada 18-a. gacha arifmetik amallarni yechishda qoʻllanilgan sanoq taxtachasi. Taxtacha tasmalariga terilgan munchoq, toshcha va h. k. ni surib, amallar yechilar edi. Hozirga qadar baʼzi Sharq mamlakatlarida Abakga oʻxshash sanoq taxtachalari qoʻllaniladi. Hisoblarda ishlatiladigan choʻt ham Abak turidir;

3) nomografiyada Abak sonli belgilari boʻlgan maxsus chizma, muhandislik hisoblari uchun ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
ABAK