ASOSIY VOSITALAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASOSIY VOSITALAR haqida malumot bilib oling.

ASOSIY VOSITALAR — i. ch. ning moddiy sharoitlarini taʼminlaydigan vositalar (mehnat qurollari, bino, inshoot, qurilma va b.). Buxgalteriya hisobi va rejalashtirishda Asosiy vositalar tarkibiga xizmat muddati bir yildan ortiq va qiymati eng kam ish haqining 15 barobaridan arzon boʻlmagan vositalar kiritiladi (2000). Asosiy vositalar buxgalteriya hiso-bida xoʻjalikka qabul qilingan boshlangʻich bahoda aks ettiriladi. Asosiy vositalarning boshlangʻich bahosiga ularni sotib olish (bino va inshootlarni qurish) uchun qilingan haqiqiy xarajat kiritiladi. Asosiy vositalar toʻliq xizmat muddati davomida boshlangʻich qiymati boʻyicha hisobga olinadi. Asosiy vositalarlarni qayta baholash faqat hukumat qarori bilan amalga oshiriladi.

Ensiklopediya.uz
ASOSIY VOSITALAR