ASKOXITOZLAR haqida malumot bilib oling.
ASKOXITOZLAR — oʻsimliklarda Ascochyta turkumiga mansub parazit zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. Askoxitozlar oʻsimlik barglarida turli rangda katta-kichik doglar, poyasida yaralar paydo qiladi, oʻsimlik urugʻi va mevasini zararlaydi, kasallangan barglar qurib toʻkiladi, shoxlari quriydi, mevasi yetilmaydi, zararlangan urugʻlik unmaydi. Aksariyat dukkakli don ekinlari, zigʻir, mevali daraxtlar, rezavor mevalilar zararlanadi. Kurash choralari: almashlib ekish, ekinni azotli oʻgʻitlar bilan oziqlantirish, kasallikka chidamli navlarni ekish, ekishdan oldin urugʻlikni dorilash, oʻsimlik qoldiqlarini daladan chiqarib tashlash va yoʻqotish (q. Zamburugʻli kasalliklar).
Ensiklopediya.uz
ASKOXITOZLAR