ARAPOV Boris Aleksandrovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARAPOV Boris Aleksandrovich haqida malumot bilib oling.

ARAPOV Boris Aleksandrovich (1905.12.9, Peterburg – 1992.28.1) – rus kompozitori, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbo-bi (1944). 1930-y. dan Leningrad kon-servatoriyasida kompozitsiyadan daryo bergan, prof. (1948). Leningrad konservatoriyasi bilan 1941 — 44 y. larda Toshkentda evakuatsiyada boʻlgan. Sharq mavzulari va kuylariga izchil murojaat etgan. «Nasriddin Buxoroda» musiqali komediyasi (F. Gʻulom va V. Vitkovich bilan hamkorlikda, 1943; Yangiyoʻl teatri), «Jaloliddin Xorazmiy» oratoriyasi (A. Kozlovskiy b-n, 1944) va b. asarlari bilan oʻzbek musiqasiga hissa qoʻshgan. Opera va baletlar, 6 simfoniya, orkestr uchun konsert, «Rus syuitasi», skripka va orkestr uchun 2 ta konsert, qator vo-kalsimfonik, kamervokal va cholgʻu asarlar, kinofilmlarga musiqalar yozgan.

Ensiklopediya.uz
ARAPOV Boris Aleksandrovich