
ANORTOZIT haqida malumot bilib oling.
ANORTOZIT — gabbro guruhiga mansub magmatik togʻ jinsi. Asosli yoki oʻrta asosli plagioklazdan iborat. Tarkibida olivin, piroksen magnetit boʻladi. Oq, kulrang, toʻq kulrang, qoramtir rangli boʻladi. Alar plagioklazning tarkibiga qarab, labradoritlar, bitovnititlar, anortitli Alarga boʻlinadi. A. Ukrainada Volin, Rossiyada Kola ya. o. da bor. A. fizik, kimyoviy nurashlarga chidamli boʻlganidan haykallar yasash, imoratlarni, metropolitenlar va yodgorliklarni bezashda qoplama material sifatida ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
ANORTOZIT