ANDAZA haqida malumot bilib oling.
ANDAZA (fors. — oʻlchov, qolip) — namuna, nusxa. Qogʻoz, karton va h. k. dan maxsus tayyorlanadi. Matodan kiyim, charmdan poyabzal bichish kabi ishlarda shakl koʻchirish uchun ishlatiladi. Andazaning turlari koʻp. Chunonchi: a) libos da old Andaza, orqa Andaza, yeng Andaza, yoqa Andaza, koʻkrak A. ;
6) poyabzalda qoʻnj Andaza, sogʻ Andaza, betlik (bosh) A., gulchin A., tagcharm Andaza, poshna A. va h. k. A. olish, tayyorlash yoki A. lash — kiyim bichiladigan gazlamaning ustiga A. shaklini tushirish; A. qirqish — belgilangan chiziqlar ustidan qaychi bilan qirqish. Kashtachilikda qogʻoz yoki kartondan chizmakash, rassom chizgan naqshga muvofiq qirqib tayyorlangan gul ham A. deb ataladi.
Ensiklopediya.uz
ANDAZA