ALMASHTIRISH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALMASHTIRISH haqida malumot bilib oling.

ALMASHTIRISH (matematikada) — xossalari har xil boʻladigan ikki toʻplam elementlarini bir-biriga mos qoʻyish. Mac, X toʻplamning har bir x elementiga Y toʻplamning toʻla aniqlangan u elementa mos qoʻyiladi. Koʻpincha Almashtirish deb ayni bir toʻplamning x va y=f(x) elementlari orasidagi oʻzaro bir qiymatli moslik tushuniladi. Geom. da koʻpincha nuqtaviy Almashtirish tekshiriladi. Bunda biror koʻp xillilik (chiziq, sirt, fazo)ning har bir nuqtasiga uning boshqa nuqtasi mos qoʻyiladi, boshqacha aytganda, nuqtaviy Almashtirish nuqtaviy toʻplamni oʻz-oʻziga aks ettirishdan iborat. Geom. da tekislik nuqtasini toʻgʻri chiziq nuq-talariga va, aksincha, toʻgʻri chiziq nuqtalarini tekislikka oʻtkazuvchi Almashtirishlar ham tekshiriladi. Mac, 2-tartibli egri chiziqqa nisbatan qutbiy Almashtirish shunday Almashtirish dir.

Ensiklopediya.uz
ALMASHTIRISH