ALLERGOLOGIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALLERGOLOGIYA haqida malumot bilib oling.

ALLERGOLOGIYA (allergiya va logos — fan) — tibbiyot fanining bir boʻlimi; allergik kasalliklarning paydo boʻlishi sabablari, avj olish mexanizmi, belgilari, oddini olish va davolash usullarini oʻrganadi. Allergologiya immunologiya b-n chambarchas boglangan, chunki allergiya immunologik mexanizmlar asosida kelib chiqadi. Allergologiyaning asosiy qismini klinik Allergologiya tashkil etadi. Allergologiyaning allergik reaksiyalarni oʻrganadigan — autoallergiya, immunopatologiya, shuningdek antitelolar keltirib chiqaradigan qon kasalliklarini oʻrganadigan immunogematologiya boʻlimlari bor.

Oʻzbekistoning allergolog olimlari birinchi boʻlib Qoraqalpogʻistonda hamda viloyatlarda bolalar va katta yoshdagilar oʻrtasida allergik kasalliklar tarqalishining hududiy xususiyatlarini aniqladilar (T. B. Yeshanov, L. Ya. Sgibova, N. G. Alayeva, M. D. Daljanov). Oʻzbekiston olimlari 15 hududiy choʻl changi, sanoat va hasharot allergenlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydilar va amalda qoʻllashni tavsiya etdilar (M. M. Haqberdiyev, S. A. Zaxvatkina, N. V. Susina). Don va moʻm kuyasi hamda chivinlarning allergik kasalliklar tarqatishdagi roli aniqlanadi (I. R. Yoʻddoshev, O. I. Yusupova). Katta yoshli bemorlarda atopik bronxial astma va pollinozlarning klinik kechishi xususiyatlarini oʻrganishda oʻziga xos tashhis usullari ishlab chiqildi (O. A. Nazarov, E. I. Salimov va b.). Oʻzbekistonda ixtisoslashgan allergik yordam koʻrsatadigan Respublika A. markazi (1980-y. dan), allergik kabinetlar va boʻlimlar mavjud.

Ensiklopediya.uz
ALLERGOLOGIYA