ALI SULTON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALI SULTON haqida malumot bilib oling.

ALI SULTON (1416—?) — Turfonning birinchi sultoni. 1469-y. Turfonni sultonlik deb eʼlon qildi, uning siyosiy-iqtisodiy qudratini oshirdi. Ali Sulton davrida q. x. va hunarmandchilik ancha rivojlandi. Korizlar koʻpaydi, ekin maydonlari kengaydi, don mahsuloti chetga chiqarila boshlandi. A. S. Qoju, Lyukchun bekliklarini, 1473-y. da Qumul (Xomi) sultonligini ish-gʻol qilib, oʻz sultonligiga birlashtiradi, Xitoy Min imperatorligi qoʻl ostidagi Guanju, Shaju sh. larini oʻz hududiga qoʻshib olib, Gʻarb bilan Sharq oʻrtasidagi savdoni, Ipak yoʻliga hukmronlikni ham oʻz qoʻliga oladi. Ali Sulton 1491-y. ga kelib Xitoy devorining gʻarbiy darvozasi tashqarisidagi oʻn bir shaharni egallab oladi, uning ichidagi Suju, Guanju sh. lariga ham bir necha bor bostirib kirib, Min imperatorligini bevosita tahdid ostida qoldiradi. Uygʻur yerlarining sharqiy qismida Ali sulton S tashkil qilgan mazkur Turfon sultonligi 15 — 16-a. larda oʻz ravnaqining choʻqqisiga chiqqan edi.

Ensiklopediya.uz
ALI SULTON