AKTUALIZM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AKTUALIZM haqida malumot bilib oling.

AKTUALIZM (geologiyada) , aktualistik metod (ing. aktual — zamonaviy haqiqiy, amalda mavjud) — Yer taraqqiyotining tarixini oʻrganish uchun qullaniladigan qiyosiy-tarixiy metod. A. oʻtmishdagi geologik jarayonlar hamda ular natijasida roʻy bergan hodi-salar hoz. zamonda boʻlayotgan jarayon va hodisalarga oʻxshash degan fikrga asoslangan. Shunga asosan, hoz. zamonda boʻlib turadigan geologik jarayonlar, muhitlar va ular natijasida kelib chiqqan hodisalarni (hoz. zamon choʻkindilari, vulkan mahsulotlari, relyef va h. k.) oʻtmishda paydo boʻlgan jinslarga, organik choʻkindilarga, relyef shakllariga taqqoslash yoʻli bilan oʻtmish geologik davrlarda boʻlib oʻtgan geologik jarayonlar va tabiiy geografik sharoitlar taxm. aniqlanadi. Ammo Yer doim taraqqiy etib turganligidan oʻtmish geologik ja-rayonlarini hoz. jarayonlar bilan tuda taqqoslab boʻlmaydi. Baʼzi bir jarayonlar ayrim geologik davr uchungina xos. Shuning uchun Yerning oʻtmish tarixidagi geologik jarayonlarni hoz. vaqtda kuzatilayotgan geologik jarayonlar bilan aynan taqqoslash unchalik toʻgʻri emas.

Aktualizm termini nemis geol. adabiyotida 19-a. 2-yarmida paydo boʻlib, 20-a. 20-yillaridan ommalashdi. Aktualizm kurtaklari insonning dastlabki bilimlari vujudga kelgan davrda, eng kad. afsonalarda va yozma manbalarda uchraydi. Keyinroq geologik tarixni tushuntirishda Aktualizmdan Ibn Sino, Beruniy, 18-a. oʻrtalaridan Rossiyada M. V. Lomonosov, Buyuk Britaniyada J. Getton va b. foydalan-dilar. Aktualizmning birinchi shaklini hoz. uniformizm deb ataydilar. Aktualizm ilmiy prinsip sifatida 19-a. 1-yarmida ingliz olimi Ch. Layelning «Geologiya asoslari» asarida olgʻa surilgan. U katta dalillarga asoslanib, Aktualizmni geologiyani oʻrganish usuli tariqasida tavsiya qildi. Layelning fikricha, oʻtmish geologik jarayonlar hoz. zamon jarayonlaridan hech farq qilmaydi. Baʼzi bir xorijiy mamlakat geologlari hozir ham shunday fikrdalar. Uniformizmga hoz. geologik dunyokarash sifatida geologik taffakkoʻrning bosib oʻtilgan davri deb qaraladi. Oʻzbekistonda yosh yotqiziklarni oʻrganish asosida qad. davr choʻkindilarining hosil boʻlish sharoitlarini aniqlash sohasida koʻpgina ishlar qilingan.

Ensiklopediya.uz
AKTUALIZM