AKROMEGALIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AKROMEGALIYA haqida malumot bilib oling.

AKROMEGALIYA (yun. akros — oyoqqoʻl va megos — katta) — miya ortigi (gipofiz) oʻsish gormonini ortiqcha i. ch. natijasida kelib chiqadigan endokrin kasallik. Bunda odamlarning lab, burun, pastki va yuqori jagʻi hamda oyoqqoʻli, shuningdek ichki aʼzolari kattalashib ketadi. Akromegaliyada tana skeleta, yumshoq toʻqimalari (biriktiruvchi toʻqima, muskul, shilliq pardalar) haddan tashqari oʻsib ketadi. Koʻpincha 18—35 yoshdagi kishilar (aksari ayollar)da uchraydi. Akromegaliyada ichki sekretsiya bezlarining faoliyati ham buziladi. Akromegaliya rentgen nurlari, gormonal preparatlar, shuningdek jarrohlik yoʻli bilan davolanadi.

Ensiklopediya.uz
AKROMEGALIYA