
ADL haqida malumot bilib oling.
ADL (arab. — odillik, toʻgʻrilik) — islom dinida Alloh sifatlaridan, «ilohiy adolat»ga eʼtiqod qilish — islom aqidaviy talablaridan biri. Moʻtaziliylar Allohning insonlarga odilligi haqidagi tasavvurdan kelib chiqib, inson irodasining erkinligi haqidagi fikrni ilgari surgan. Shialikda — A. soʻzi rasman qabul qilingan beshta aqidadan biri, inson taqdirini belgilashdagi Allohning adolatli hukmi mazmunida qoʻllaniladi. Hoz. zamon islom ilohiyotida Adl — jamiyatning barcha aʼzolariga nisbatan «ilohiy adolat», ularning «Alloh oldida tengligi» deb talqin etiladi. Shariatda Adl islom diniy qonunlarining «ilohiy adolat»ga asoslanganligini ifodalaydi.
Ensiklopediya.uz
ADL