ARTISHOK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARTISHOK haqida malumot bilib oling.

ARTISHOK (Supaga) — koʻp yillik va bir yillik sabzavot ekini. Oʻrta dengiz mamlakatlarida 10—11 turi oʻsadi. Fransiya, Italiya, Hindiston, Jazoir va b. mamlakatlarda ekiladi. Rossiyaning jan, Moldaviya, Ukrainada ti-kanli Artishok (S. scolymus L.) turi koʻproq ekiladi. Artishok juda sershox boʻlib, boʻyi 2 m gacha boradi. Gullari koʻk-binafsha rangda, yirik toʻpgul hosil qiladi (bir toʻpguli ogʻirligi 100—200 g). Seret gulbandi va savatcha toʻpguli ovqatga ishlatiladi. Artishokda qand, oqsil (2,5-3%), uglevod (7-15%), S (0,4 mg%), V,, V2 vitaminlari, karotin, urugʻida 30% gacha moy bor. Xom va konservalangan, qaynatilgan Artishok souslar bilan isteʼmol etiladi, salatlar tayyorlanadi. Uglevodlari tarkibida diabet kasalliklari uchun foydali boʻlgan inulin bor. Jan. zonalarda 3 — 4 yillik, sovuq kuchli zonalarda bir yillik ekin, 100×80 sm sxemada ekiladi. Hosildorligi 50—250 s/ga (15 — 50 ming toʻpgul). Artishok odatda koʻp yillik ekin tarzida eqilgandan soʻng ikkinchi yili gullaydi. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik i. t. institutida Artishokni rayonlashtirish oʻrganilmoqda.

Ensiklopediya.uz
ARTISHOK