
ARIZONA haqida malumot bilib oling.
ARIZONA — AQSH jan.-gʻarbidagi shtat. Mayd. 295 ming km2. Aholisi 4 mln. Ortiq kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Finiks sh. Markaziy qismi togʻlar (bal. 3861 m gacha), shim.-sharqi Kolorado va Xila platolaridan iborat. Bu platolarni Kolorado daryosi kesib oʻtadi. Xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — obikor dehqonchilik va konchilik sanoati. Asosan paxta ekiladi. Beda, sabzavot, sitrus ekinlar ham anchagina maydonni egallagan. Chorvachiligi goʻsht-jun yetishtirishga ixtisoslashgan. Kolorado daryosiga yirik GES qurilgan. Mis qazib chiqarishda Arizona AQSHda 1-oʻrinda turadi va oltin qazib olish ham katta oʻrin tutadi. Rangli metallurgiya (mis, alyuminiy), metallsozlik va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Turizm taraqqiy etgan. Arizonada Katta Kanyon milliy parki bor.
Ensiklopediya.uz
ARIZONA